AI paper index
CHATGPT VA BOSHQA AI VOSTITALARINING O'QUV FAOLIYATIDAGI TA'SIRI
One-line summary
An AI research paper on CHATGPT VA BOSHQA AI VOSTITALARINING O'QUV FAOLIYATIDAGI TA'SIRI.
Engineering notes
Engineering notes will be added by the aipentium editorial team.
Chinese explanation / 中文解读
中文解读待补充:本站会优先为大语言模型、生成式AI、ChatGPT相关技术、计算机视觉、深度学习等高价值论文补充中文说明。
Original abstract
Ushbu tadqiqot ishida ChatGPT, Claude va Gemini kabi zamonaviy generativ sun'iy intellekt (AI) vositalarining oliy ta'lim tizimiga va talabalarning o'quv faoliyatiga ko'rsatayotgan ta'siri tahlil qilinadi. Neyrotarmoqlarning ma'lumotlarni tahlil qilish, dasturlash kodlarini tekshirish va fanni o'zlashtirish tezligini oshirishdagi ijobiy funksiyalari o'rganilgan. Raqamli platformalar, mobil ilovalar va neyrotarmoqlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, generativ sun'iy intellekt texnologiyalarining ommalashishi oliy ta'lim muassasalaridagi o'qitish va bilim olish jarayonlarini tubdan o'zgartirib yubordi. Bir necha yil muqaddam talabalar biron bir mavzuda referat yoki kurs ishi yozish uchun kutubxonalarda kunlab vaqt o'tkazgan bo'lsa, keyinchalik bu jarayon internet qidiruv tizimlari (Google, Yandex) orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Biroq qidiruv tizimlari faqat tayyor manbalarga yo'naltiruvchi havolalarni taqdim etardi. Yirik til modellarining (LLM) maydonga chiqishi esa ushbu zanjirni qisqartirib yubordi. Endilikda talaba ma'lumot qidirmaydi, balki ChatGPT tizimidan tayyor konspekt, tahliliy jadval yoki dasturlash kodini bir necha soniyada qabul qilib oladi. Bu holat talabalarning axborot bilan ishlash tezligini mislsiz darajada oshirgan bo'lsa-da, ta'lim tizimi oldiga jiddiy metodologik muammolarni qo'ydi. Tayyor intellektual mahsulotga ortiqcha qaramlik talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muammolarga kreativ yondashish qobiliyatini susaytirmoqda. Shu sababli, neyrotarmoqlarning o'quv jarayonidagi ijobiy va salbiy tomonlarini tizimli o'rganish hamda ta'lim sifatini saqlab qolish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
Links and sources
Need this topic turned into a technical roadmap?
aipentium can prepare a custom AI literature review, code map, dataset map, and B2B technology assessment.
Request B2B AI research
Comments